
Foto: Reuters
Daniya hukumati odamlar orasida koronavirusning norkalarda mutatsiya qilgan shakli bilan kasallanish holatlari aniqlangandan keyin mamlakatda yetishtiriluvchi barcha norkalarni yo‘q qilishni buyurdi.
Daniya bosh vaziri Mette Frederiksenning matbuot anjumanda ma’lum qilishicha, virusning mutatsiya qilgan ushbu turi odamlar orasida tarqalmoqda va ularda antitanalar hosil qilish qobiliyatini kuchsizlantirmoqda.
Frederiksenning o‘zi ham koronavirus yuqtirib olgan Adliya vaziri Nik Xekkerup bilan uchrashuvdan keyin ayni vaqtda karantinga ketgan.
Hozirda Daniyaning Shimoliy Yutlandiya viloyatida 12 kishida mutatsiya qilgan virus aniqlangan. Frederiksen u nafaqat Daniyaning qolgan qismiga, balki butun dunyoga tarqalishi mumkinligidan ogohlantirgan. Shu bilan birga, hukumat norka fermalari egalariga moliyaviy yordam ko‘rsatishga va’da bergan.
Fermerlarga norkalarni yo‘q qilishda qurolli kuchlar va favqulodda vaziyatlar agentligi ko‘mak ko‘rsatadi. Fermerlar ko‘radigan zararni qoplash hukumatga 2,3-2,8 mlrd kronaga (362-441 mln dollar) aylanadi.
Daniya dunyoda norka mo‘ynasining eng yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Mamlakatda 1139 norka fermasi bor bo‘lib, ularda 15-17 mln norka yetishtiriladi. Ayni vaqtda 200dan ko‘proq fermada koronavirus tarqalishi qayd qilingan, ulardan 67tasida barcha mo‘ynalilar yo‘q qilingan.
Iyun oyida shunday qarorni Niderlandiya hukumati qabul qilgandi: o‘shanda mamlakatdagi norka fermalarida koronavirus tarqalishi qayd qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar