23:26 / 07.11.2020
2 326

«Poyga tugadi» – Bayden prezident saylovida g‘alaba qozonganligini e’lon qildi

«Poyga tugadi» – Bayden prezident saylovida g‘alaba qozonganligini e’lon qildi
Foto: REUTERS/Kevin Lamarque
Demokrat Jozef Bayden AQSH prezidenti saylovida g‘alaba qozonganligini ma’lum qildi va amerikaliklarni birdamlikka chaqirdi. U bayonotini o‘z Twitter sahifasida e’lon qildi.

"Amerika, meni bu mamlakatga rahbarlik qilish uchun saylashgani men uchun sharaf. Oldinda og‘ir vazifa turibdi, ammo men uchun ovoz bergan-bermaganligidan qat’i nazar barcha amerikaliklar uchun prezident bo‘laman", - deya qayd etdi u.

"Poyga tugadi, g‘azab va keskin bayonotlarni unutish hamda yagona mamlakat sifatida chiqish vaqti keldi. Amerika uchun birlashish va tuzalish vaqti keldi", - deya ta’kidladi Bayden.

CNN, NBC, Fox News va Associated Press (AP) prognozlariga ko‘ra, Bayden Tramp ustidan g‘alaba qozonish uchun talab qilinadigan tanlovchilarning 270ta ovoziga ega bo‘ldi.

Avvalroq Jo Bayden amerikaliklarga murojaat qilib, saylovlarda g‘olib bo‘lishga shubha qilmasligini va kamida 300 ta ovoz to‘plashga ishonishini aytgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Poyga tugadi» – Bayden prezident saylovida g‘alaba qozonganligini e’lon qildi