Foto: Armaniston FVV
Armanistonda Rossiyaning Mi-24 jangovar vertolyoti Ozarboyjon tomonidan tasodifan urib tushirildi. Boku Rossiya tomonidan uzr so‘raydi va kompensatsiya to‘lashga tayyor. Bu haqda Ozarboyjon tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilmoqda.
Qayd etilishicha, vertolyot Armaniston-Ozarboyjon chegarasiga juda yaqin hududda, sutkaning qorong‘i vaqtida, yuqori bo‘lmagan balandlikda, radarlarning aniqlash hududidan tashqarida parvoz qilgan hamda ushbu hududda Rossiya qurolli kuchlarining vertolyotlari ilgari kuzatilmagan.
"Yuqoridagi omillar hamda mintaqadagi keskin vaziyat va Armaniston tomonidan bo‘ladigan ehtimoliy ig‘vogarliklarga qarshi yuqori darajadagi tayyorgarlik sababli navbatchi qism tomonidan o‘t ochish qarori qabul qilingan", - deyiladi bayonotda.
Ozarboyjon ushbu hodisa munosabati bilan Rossiya tomonidan uzr so‘ragan.
"Ozarboyjon tomoni halok bo‘lgan ekipaj a’zolarining oilalariga chuqur ta’ziya bildiradi va jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayishlarini tilaydi. Ozarboyjon tomoni tegishli kompensatsiya to‘lashga tayyorligini ma’lum qiladi", - deya ta’kidlanadi TIV bayonotida.
Avvalroq Rossiya qurolli kuchlariga tegishli Mi-24 vertolyoti Armaniston-Ozarboyjon chegarasida ko‘chma zenit-raketa majmuasidan urib tushirilgani xabar qilingandi.
Vertolyot Armaniston hududiga qulagan. Ikki nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan, yana bir a’zosi yarador holda evakuatsiya qilingan. Vertolyot Rossiyaning Armanistondagi harbiy bazasi avtokolonnasini bazaga kuzatib borayotgan bo‘lgan.
Rossiyaning Armanistondagi 102-harbiy bazasi Gyumri shahrida joylashgan. Kelishuvga ko‘ra, harbiy baza bu yerda 2044 yilgacha qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi