Foto: Reuters
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasi bilan vaziyat 2021 yil mart oyida tubdan o‘zgarishiga umid bildirmoqda. Bu haqda JSST bosh direktori maslahatchisi Bryus Eylvard Jeneveda o‘tayotgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 73-sessiyasida aytib o‘tdi.
“Martga kelib hozirda butun dunyo bo‘ylab olib borilayotgan ishning natijasi sifatida pandemiya bilan bog‘liq joriy vaziyatni tubdan o‘zgartiradigan vaziyatga kelishimiz mumkin”, deb ta’kidlab o‘tgan Eylvard.
Uning ta’kidlashicha, bu vaqtga kelib koronavirusga qarshi kurash uchun zarur bo‘lgan barcha resurslar, jumladan infeksiyani davolashda qo‘llanayotgan deksametazon, o‘pkani sun’iy shamollatish qurilmalari, shaxsiy himoya vositalari yetarlicha miqdorda bo‘ladi. Biroq JSST bu vaqtgacha paydo bo‘lishini kutayotgan asosiy narsa vaksina hisoblanadi.
Bundan tashqari, JSST 2021 yil martida koronavirusni mustaqil aniqlash uchun testlar paydo bo‘lishini kutmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi