07:55 / 11.11.2020
2 796

Pandemiyaga qarshi kurashda burilish yasashi mumkin bo‘lgan oy ma’lum qilindi

Pandemiyaga qarshi kurashda burilish yasashi mumkin bo‘lgan oy ma’lum qilindi
Foto: Reuters
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasi bilan vaziyat 2021 yil mart oyida tubdan o‘zgarishiga umid bildirmoqda. Bu haqda JSST bosh direktori maslahatchisi Bryus Eylvard Jeneveda o‘tayotgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 73-sessiyasida aytib o‘tdi.

Martga kelib hozirda butun dunyo bo‘ylab olib borilayotgan ishning natijasi sifatida pandemiya bilan bog‘liq joriy vaziyatni tubdan o‘zgartiradigan vaziyatga kelishimiz mumkin”, deb ta’kidlab o‘tgan Eylvard.

Uning ta’kidlashicha, bu vaqtga kelib koronavirusga qarshi kurash uchun zarur bo‘lgan barcha resurslar, jumladan infeksiyani davolashda qo‘llanayotgan deksametazon, o‘pkani sun’iy shamollatish qurilmalari, shaxsiy himoya vositalari yetarlicha miqdorda bo‘ladi. Biroq JSST bu vaqtgacha paydo bo‘lishini kutayotgan asosiy narsa vaksina hisoblanadi.

Bundan tashqari, JSST 2021 yil martida koronavirusni mustaqil aniqlash uchun testlar paydo bo‘lishini kutmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pandemiyaga qarshi kurashda burilish yasashi mumkin bo‘lgan oy ma’lum qilindi