2 060
TIV Qozog‘istonda qullikda ushlab turilgan O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq holat bo‘yicha ma’lumot berdi

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosining qullikda ushlab turilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Shu munosabat bilan mamlakatning Aqtau shahridagi bosh konsulxonasi rasmiy ma’lumot berdi.
Aqto‘be viloyati politsiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston hududida noqonuniy ravishda bo‘lgan shaxslarni topish bo‘yicha rejali tadbirlar davomida 1962 yil 2 mayda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi M.B. aniqlangan. Uning ish beruvchisiga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 128-moddasida ko‘zda tutilgan «Odam savdosi» bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
M.B. Qozog‘istonga 1996 yilda kelgan, 2004 yilda doimiy yashash ruxsatnomasini olgan va Qozog‘istonda muntazam yashaydi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan suhbat chog‘ida M.B. hozirgi ish beruvchisiga nisbatan shikoyati yo‘qligini, ish, yashash va ish haqi shartlari o‘zini qoniqtirishini, O‘zbekistonga qaytish niyati yo‘qligini va Olmaota shahriga, Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan qizining uyiga ko‘chib o‘tishni rejalashtirayotganini bildirdi.
Jinoiy ish alomatlari yo‘qligi va mehnat qulligi faktlari tasdiqlanmagani munosabati bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yopildi, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tarqatilgan xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Mirazizbek Mirzahalilov "Gubernator kubogi" turnirida o‘z jangini o‘tkazdi

Qanday ichimliklar ozishga yordam beradi?

Mikael Sekeyra: O‘zbek futboliga moslashishga to‘g‘ri kelyapti

Xitoy yigit bilan saharlik va iftor qildim...

Shavkat Mirziyoyev mansabdorlarning ishdan olinishini ularning bilimsizligi bilan izohladi

O‘zbekistonda 18 apreldan karantin talablari kuchaytiriladi

Italiya matbuotida «diktator-tarbiyasiz» bahsi: Erdo‘g‘an bir hafta kutdi, Dragi esa ortga qaytmadi

Farrux Toshpulatov: Angren shahar bo‘lim boshlig‘i M.Yusupovaga nisbatan tekshiruv ishlari yakunlandi