16:24 / 22.11.2020
2 448

Germaniyada koronavirusga chalingan bemorlarni o‘ldirishda gumon qilingan shifokor qo‘lga olindi

Germaniyada koronavirusga chalingan bemorlarni o‘ldirishda gumon qilingan shifokor qo‘lga olindi
Foto: Spiegel
Germaniyaning Essen shahrida joylashgan universitet klinikasining shifokori koronavirusga chalingan ikki nafar bemorni o‘ldirishda gumonlanmoqda. Bu haqda shahar politsiyasi matbuot xizmatiga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

Tibbiyot xodimi 18 noyabr kuni qo‘lga olingan. Politsiya shifokor qasddan va noqonuniy ravishda o‘gir ahvoldagi bemorlar dori vositalarini yuborgani, bu esa ularning o‘limiga olib kelganini gumon qilmoqda. Uning mazkur xatti-harakatlari oqibatida 47 va 50 yoshli erkak vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, bemorlar gumonlanuvchining qo‘lida davolangan va dori vositalari yuborilganida ular juda og‘ir ahvolda bo‘lgan.

Endilikda shahar politsiyasi qotillikni tergov qilish bo‘yicha komissiya tuzgan, tibbiyot xodimi esa hibsga olingan. U hozircha o‘lim holatlarining biri bo‘yicha ko‘rsatma berib, o‘z harakatlari bilan «bemor va uning qarindoshlarini azobdan qutqarmoqchi» bo‘lganini aytgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 44 yoshli shifokor 2020 yilning fevralidan buyon tibbiyot muassasasida ishlab kelgan. Universitet klinikasining ma’lum qilishicha, bemorlar «o‘limning so‘nggi bosqichida» bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada koronavirusga chalingan bemorlarni o‘ldirishda gumon qilingan shifokor qo‘lga olindi