date

Germaniyada josuslikda gumon qilingan shaxs ushlandi

Germaniyada josuslikda gumon qilingan shaxs ushlandi

Germaniyada Rossiya manfaatlari yoʻlida josuslik va qoʻporuvchilik faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Qozogʻiston fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda “Deutsche Welle” maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, 28 aprel kuni hibsga olingan 47 yoshli erkak Germaniyada mudofaa tizimiga oid maʼlumotlarni toʻplab, tashqi aloqalarga uzatib kelganlikda gumon qilinmoqda.

Prokuratura versiyasiga koʻra, u 2025 yil may oyigacha Rossiya maxsus xizmatlariga muhim obyektlar haqidagi maʼlumotlarni yetkazgan. Jumladan, Berlindagi hukumat binolari, avtomagistrallarda harakatlanayotgan harbiy kolonnalar hamda rasmiy shaxslarning xizmat avtomobillari suratlari yuborilgan.

Tergov jarayonida uning smartfoni tekshirilganda, koʻplab foto va maʼlumotlar aniqlangan. Garchi u asosan ochiq manbalardagi obyektlarni suratga olgan boʻlsa-da, rasmiylar buni NATOga aʼzo davlat hududida harbiy maʼlumot yigʻish sifatida baholamoqda.

Shuningdek, gumonlanuvchi Germaniyada ehtimoliy qoʻporuvchilik harakatlari uchun odam yollashga uringani va “har qanday topshiriqqa tayyorligini” bildirgani ham maʼlum qilingan.

Hozirda u sud qarorini kutmoqda. Tergov organlari esa ish yuzasidan batafsil tekshiruvni davom ettirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada josuslikda gumon qilingan shaxs ushlandi