
Foto: Picture Alliance
United Airlines aviakompaniyasi Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasini AQSH va Yevropadagi omborlarga yetkazishni boshladi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Nashrning ma’lumot berishicha, bu vaksina tegishli organlar tomonidan ma’qullanishi bilan aholini imkon boricha tezroq emlashni boshlash maqsadida qilinmoqda.
Qayd etilishicha, vaksina AQSHning Michigan shtati va Belgiyadagi omborlarga yetkazilmoqda. Keyinroq Viskonsin shtati va Germaniyaga yetkazish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Pfizer va Biontech kompaniyalari 20 noyabrda AQSHda koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatga olinishi uchun ariza bergandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar