12:30 / 30.11.2020
4 138

Bayden oyog‘ini sindirib oldi

Bayden oyog‘ini sindirib oldi
AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qilgan Jo Baydenga tomografiya tekshiruvlaridan so‘ng oyoq suyaklarining sinishi tashxisi qo‘yildi. Xabarda qayd etilishicha, Bayden bir necha hafta davomida maxsus oyoq kiyimda yurishga majbur bo‘lishi mumkin.

Bayden shanba kuni o‘z iti bilan sayr qilib yurganida sirpanib ketgan va to‘pig‘ini qayirib olgan. Dastlab, shifokor suyakning shikastlanganini tasdiqlamadi, faqat mushaklarning cho‘zilishi shashxisini qo‘ydi, ammo siyosatchini qo‘shimcha tekshiruvga yubordi. Qayta tekshiruvda Baydenning oyoq panjasi qismida sinish jarohatlari borligi aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden oyog‘ini sindirib oldi