Foto: «Profile.ru»
Michigan universiteti olimlari shifoxonadan chiqqandan keyingi dastlabki bir yarim hafta ichida COVID-19 bilan kasallangan bemorlar yana shifoxonaga yotqizilishi yoki asoratlardan vafot etishi mumkinligini fosh etishdi. Koronavirusdan tuzalganga o‘xshash davrdan keyingi eng xavfli vaqt haqida «Journal of the American Medical Association» jurnalida chop etilgan maqolada aytib o‘tilgan.
Tadqiqotchilar koronavirus tufayli shifoxonaga yotqizilgan 2200 bemor, pnevmoniya bilan davolangan 1800 bemor va yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan 3500 bemor haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqishdi.
Buni qarangki, dastlabki 10 kun ichida shifoxonadan chiqarilgan COVID-19 bilan kasallangan bemorlar orasida o‘lim xavfi yurak yetishmovchiligi yoki koronavirusga aloqasi bo‘lmagan pnevmoniya bilan davolangan bemorlarga qaraganda 40-60 foiz yuqori bo‘lgan. Dastlabki ikki oy ichida 9 foizi koronavirusdan vafot etdi va 20 foizi yana shifoxonaga yotqizildi. Biroq 60 kundan so‘ng bu xavf boshqa ikkita kasallikka qaraganda kamaydi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, COVID-19 boshqa kasalliklarda kuzatiladigan sog‘liq bilan bog‘liq muammolardan ko‘ra jiddiyroq noxushliklarni keltirib chiqaradi. Bemorlarning yoshi muhim sanaladi: 70-80 yoshli bemorlarning taxminan yarmi shifoxonadan chiqqandan keyin 60 kun ichida vafot etdi. Shifoxonaga qayta yotqizilgan bemorlarning 22 foizidan ko‘prog‘i reanimatsiyaga tushib qolishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi