Foto: «RIA Novosti»
Rossiyalik infeksionist Yevgeniy Timakov koronavirusning yuqumlilik darajasi 5-7 yil ichida oshishi, ammo kamroq asoratlar keltirib chiqarishini aytdi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».
«Barcha viruslar mutatsiyaga uchraydi, shu jumladan, koronavirus ham. Unda mutatsiyalar genomini o‘zgartirish jihatidan unchalik yaqqol namoyon bo‘lmagan. Ammo ular virus xususiyatlarini o‘zgartiradi. Virus qanday bo‘lmasin tashqi muhitda o‘z egasini o‘ldirmagan holda yashab qolishi kerak. Ya’ni vaqt o‘tishi bilan, 5-7 yildan so‘ng koronavirus infeksiyasi baribir o‘zgaradi. U yanada yuqumliroq, lekin shu bilan birga kamroq asoratlar qoldiradigan bo‘ladi», — degan u.
Ekspertning aytishicha, shunday holat hozir Buyuk Britaniyada kuzatilmoqda. Virus yuquvchanligi 70 foizga oshgan, lekin u og‘irroq o‘tishi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi varianti o‘tgan haftada aniqlangandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u odatdagi koronavirusdan 70 foizga yuqumliroq, lekin undan xavfliroq emas. JSST 20 dekabr kuni Britaniyanikiga o‘xshash koronavirus Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada ham aniqlanganini e’lon qildi. Shu munosabat bilan 20 dan ortiq mamlakat aviaqatnovlarga cheklovlar kiritdi, shu jumladan O‘zbekiston ham. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi