
Yangi “SARS-CoV-2” koronavirusining genomlari ketma-ketligini o‘rganish uchun tashkil etilgan Buyuk Britaniyadagi “COVID-19 Genomics UK” (COG-UK) konsorsiumi mutaxassislari yangi shtammning kelib chiqishi to‘g‘risidagi dastlabki taxminni ilgari surishdi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, koronavirusning yangi turi organizmda patogen bir necha oy saqlanib qolgan immunitet tanqisligiga chalingan bemorda shakllangan.
Ta’kidlanishicha, koronavirusning yangi turi uning tez tarqalishiga va shu bilan birga immunitet tizimidan chiqib ketishiga imkon beradigan bir qancha muhim mutatsiyalarga ega bo‘lgan.
“Ushbu yangi shtammning “SARS-CoV-2” bilan surunkali xastalangan, ya’ni virusni bir necha oy davomida o‘z organizmida olib yurgan immuniteti past odamdan kelib chiqqan degan taxmin bor. Zero, bunday bemorlar odamlarga eng moslashgan viruslar uchun faol manba hisoblanadi. Bu hatto OIV xastalida ham tasdiqlangan”, deydi Sibir Federal universiteti hamda Germaniyaning Gyottingen universitetining Genomika va bioinformatika kafedrasi professori Konstantin Krutovskiy. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar