Foto: «Latin.zen.yandex.com»
Germaniyaning Ayxshtet shahridagi katolik cherkovi 400 yillik sukutdan so‘ng «jodugarlar»ni yoqib yuborgani uchun uzr so‘radi. Bu haqda «The Independent» xabar berdi.
XV-XVIII asrlarda ushbu shaharda 400 ga yaqin odam jodugarlikda gumon qilinib qiynoqqa solinib, so‘ng o‘ldirilgan.
Shahar arxiyepiskopi Gregor Mariya Frans Xanke o‘sha yillardagi voqealarni «cherkov tarixidagi qonli yara» deb atadi va qurbonlar xotirasiga yodgorlik lavhalarini o‘rnatishga va’da berdi.
Yevropada taxminan 60 ming kishi jodugarlikda gumon qilinib, qatl etilgan. Shulardan 25 ming nafari hozirgi Germaniya hududida o‘ldirilgan. Qurbonlarning aksariyati ayollar bo‘lgan, lekin erkaklar va bolalar ham chetda qolishmagan.
«Jodugar ovi» qurbonlarini reabilitatsiya qilish kampaniyasi Germaniyada 2011 yilda ruhoniy Xartmut Xegeler tashabbusi bilan boshlangan. O‘shandan beri Germaniyaning 50 dan ortiq shaharlarida, jumladan, Kyoln va Leypsigda hokimiyat jodugarlikda ayblanib qatl qilinganlarni reabilitatsiya qildi va ularning xotirasiga yodgorliklar va lavhalar o‘rnatdi, hatto ko‘chalarning nomlarini ham o‘zgartirdi.
Xegelerning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha asrlarda katolik cherkovi «islohotdan qo‘rqqan, jodugarlarni sud qilish esa unga qarshi kurash vositasi hisoblangan». Misol uchun, katolikdan yuz o‘girganlar iblis bilan til biriktirishda ayblangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi