Foto: «Moscow-Live.ru»
Moskvadagi avtomobil haydovchilariga Kichik Filevskaya ko‘chasida tirbandlikda turgan vaqti uchun 3 ming rubldan (426 ming so‘m) jarima kelishni boshladi. Jamoat transporti bekatidagi kamera svetofor oldida turgan avtomobillarni belgilanmagan joyga to‘xtagan deya qayd etmoqda, deb yozadi Motor.
Kutilmagan «baxt maktubi» Kichik Filevskaya ko‘chasi bo‘ylab Zvdenigorod tor ko‘chasidan Rublevka shossesi tomon harkatlangan haydovchilarga kelgan. Ushbu hududda jamoat transportining oshirilgan tezligini qayd etishga yo‘naltirilgan kamera ishlaydi. O‘tgan kuzdan boshlab tizim belgilanmagan joyga to‘xtagan avtomobillarni ham qayd etishni «o‘rganib olgan».
Qoidabuzarlikni algoritmi quyidagicha ishlaydi: agar avtomobil taqiqlangan joyda ikki daqiqadan ortiq turib qolsa, tizim avtomatik ravishda ma’muriy bayonnoma tuzib, 3 ming rubl miqdorida jarima belgilaydi. Biroq qandaydir sabablarga ko‘ra, kamera sveteforning yashil chirog‘i yonishini kutib tirbandlikda turgan haydovchilarni ham qoidabuzar sifatida qayd etishni boshlagan.
Jarima kelgan haydovchilar Moskva davlat xizmatlari orqali bayonnomalarga nisbatan shikoyat kiritishi kerak. Shu bilan birga, haydovchilar qoidabuzarlik qayd etilgan vaqtda tirbandlik bo‘lganini isbotlab berishi ham lozim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Shveysariyada himoya niqobi taqmaganlik uchun 230 yevro jarima belgilandi

Infeksiya qayoqqa g‘oyib bo‘ldi? Avstraliyada koronavirus qayd etilmadi

Britaniyada karantinni buzganlik uchun 10 ming funt sterlinggacha jarima belgilandi

Arabiston yarimorolida 120 ming yillik inson izlari topildi

Shotlandiyada dunyodagi eng qimmat qo‘y 490 ming dollarga sotildi

Hermès brendining sumkasi auksionda 300 ming dollarga sotildi