Foto: «Oilexp.ru»
Brent markali neft narxi 2020 yilning 25 fevralidan beri navbatdagi rekordni qayd etdi — bir barreli 56 dollardan qimmatlashdi. Mart oyi fyucherslari savdosida eng yuqori 56,06 dollarlik ko‘rsatkich qayd etildi. Narx o‘sishi o‘rtacha 2,81 foizni tashkil etdi.
WTI markali neft qiymati 2,75 foizga qimmatlab, bir barreli 52,23 dollarga yetgan.
Neft narxini qimmatlashtirgan ikki asosiy sabab: OPЕK+ mamlakatlari qarori ortidan neft qazib olish istiqbollari oshishi hamda qora oltinga talab ko‘payishi haqidagi optimistik bashoratlar. Ekspertlar hafta yakunida neft narxi oshishi 6-7 foizga chiqishini ham istisno qilishmayapti.
5 yanvar kuni OPЕK+ majlisida kelgusi ikki oy uchun bitimlar hajmiga aniqlik kiritib olingan. Unga ko‘ra, Rossiya va Qozog‘iston neft ko‘proq chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi, Saudiya Arabistoni esa, aksincha, neft chiqarishni qisqartiradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi