
Foto: @lilsarg/@jackeparrock/Twitter
Madrid shahri markazidagi binoda kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda El Pais nashri.
Xabar qilinishicha, binoning bir nechta qavati qulab tushgan. Shahar merining ma’lum qilishicha, kamida ikki kishi qurbon bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan.
Portlash sodir bo‘lgan bino yaqinida qariyalar uyi joylashgan. OAVning xabar berishicha, yaqin-atrofdagi binolardagi odamlar evakuatsiya qilinmoqda.
Ispaniya milliy politsiya matbuot xizmatining bildirishicha, portlashga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.



“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.