19:36 / 23.01.2021
3 121

Luvr muzeyi yaqinidan kattaligi odamdek keladigan laqqa baliq tutildi

Luvr muzeyi yaqinidan kattaligi odamdek keladigan laqqa baliq tutildi
Parijdagi Luvr muzeyi yaqinida kattaligi odamdek keladigan laqqa baliq ushlandi, deb xabar beradi Daily Mail.

Foto: Daily Mail
Baliqchi Sena daryosidan ulkan baliqni chiqarib olganida, uning atrofida hayratga tushgan insonlar to‘plangan. «Kimdir bu ‘Sena Lox-Nessi’ deb baqirdi. Odamlar baliqni dinozavrlar va maxluqlarga aloqador demoqda», — deydi voqeani videoga olgan Lina Lovisa Nilsson ismli guvoh.

Foto: Daily Mail
Nilssonning taxminicha, bu Parij markazida qarmoqqa ilingan eng katta baliq hisbolanadi. U Senada tutilgan eng katta laqqa baliqning uzunligi 1,9 metrga yetganini aniqlagan. Luvr yaqinidan tutilgan baliqning kattaligi ham shunday keladi. «Men o‘zim borgan birorta katta shaharda bu kabi holatni ko‘rmaganman», — deya ta’kidlaydi ayol.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Luvr muzeyi yaqinidan kattaligi odamdek keladigan laqqa baliq tutildi