10:14 / 20.02.2021
1 154

«Qora niyat» seriali yulduzi Talat Bulut koronavirusga qarshi emlanayotganda kuylab yubordi (video)

«Qora niyat» seriali yulduzi Talat Bulut koronavirusga qarshi emlanayotganda kuylab yubordi (video)
Mashhur turk aktyori Talat Bulut koronavirus vaksinasini olayotganda kuylab yubordi. Aktyorning emlanish jarayoni aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgan.

Ayni vaqtda dolzarb bo‘lgani sabab ham Talat Bulutning vaksina qilingani muhokamalarga sabab bo‘lgan. Salomatlikni hamisha muhim deb bilgan Bulut uni xavfga qo‘ymaslikni afzal deb biladi.

Pandemiya vaqti qoidalarga qat’iy amal qilgan aktyor emlanganidan keyingina jamoatchilikka ko‘rinish berishini ta’kidlagandi.

1980 yildan boshlab yigirmadan ortiq filmlarda suratga tushib ulgurgan Talat «Qora niyat» serialidagi roli bilan muxlislarga yaxshi tanish.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » «Qora niyat» seriali yulduzi Talat Bulut koronavirusga qarshi emlanayotganda kuylab yubordi (video)