19:28 / 28.02.2021
2 127

Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan 300dan ko‘proq qiz ozod qilindi

Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan 300dan ko‘proq qiz ozod qilindi
Foto: AP /Ibrahim Mansur
26 fevralda Nigeriya shimolida o‘g‘irlab ketilgan 317 nafar o‘quvchi qiz 28 fevralda ozod qilindi. Bu haqda Vanguard nashri xabar berdi.
Qizlarning ozod qilinishi uchun qancha pul to‘langani noma’lum.

Qizlar Zamfara shtatining Jangebe shahridagi qizlar uchun mo‘ljallangan maktab-internatdan o‘g‘irlab ketilgan. Noma’lum kimsalar xavfsizlik xizmati xodimlari kiyimida maktabga avtomobil va motosikllarda kelishgan. So‘ngra qizlar tashqariga chiqishga va mashinalarga o‘tirishga majburlanib, noma’lum yo‘nalishda olib ketilgan.

Federal xavfsizlik kuchlari bo‘linmalari va politsiya 3 kun davomida qidiruv ishlarini olib borgan. Bu orada shtat ma’muriyati qizlarning ozod qilinishi yuzasidan mahalliy jamoalar bilan muzokaralar olib borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan 300dan ko‘proq qiz ozod qilindi