22:38 / 04.03.2021
4 799

Putin: «Ularni ezib tashlasang ham, achinmaysan!» (video)

Putin: «Ularni ezib tashlasang ham, achinmaysan!» (video)
Foto: «Ria.ru»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Internet orqali bolalarni o‘z joniga qasd qilishga undaydigan holatni izohladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Rossiya rahbari o‘smirlarni o‘z joniga qasd qilishga undaydigan murojaat mualliflarini vahshiy va hasharot deb atab, «ularni ezib tashlasang ham, achinmaysan», deydi.

«Internetda o‘tirganda o‘zlarini Rembodek tutishadi: har turli narsalarni o‘ylab topib yigit yoki qizni tomdan sakrashga undaydi. Politsiya kirgan zahoti esa ishtoniga solib qo‘yadi», — dedi u.

Avvalroq Davlat Dumasi vitse-spikeri Irina Yarovaya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinga TikTok ijtimoiy tarmog‘i ustidan shikoyat bilan murojaat qilgandi. U Tergov qo‘mitasi rahbaridan ijtimoiy tarmoqdagi o‘z joniga qasd qilishga undovchilarga qarshi chora ko‘rishni so‘ragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: «Ularni ezib tashlasang ham, achinmaysan!» (video)