12:17 / 12.03.2021
1 465

Myanma sobiq yetakchisi 600 ming dollar pul va oltinlarni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda

Myanma sobiq yetakchisi 600 ming dollar pul va oltinlarni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda
Foto: Reuters
Myanmada hokimiyat tepasiga kelgan harbiylar mamlakatning sobiq yetakchisi, davlat maslahatchisi Aun San Su Chji noqonuniy ravishda 600 ming AQSH dollari va undan biroz ko‘proq bo‘lgan mablag‘ga teng oltinlarni o‘zlashtirganlikda aybladi. Bu haqda brigada generali Zo Min Tunning so‘zlariga asoslanib BBC News xabar qildi. General mazkur gaplari bo‘yicha dalil-isbot taqdim etmagan.

Nashrning qayd etishicha, bu hozircha Aun San Su Chjiga nisbatan e’lon qilingan eng jiddiy ayblovlar bo‘lib turibdi. Mamlakat prezidenti Vin Min va yana bir nechta generallar korrupsiyada ishtirokchi bo‘lgani aytilmoqda.

Avval Minni Konstitutsiya hamda tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qonunni buzganlikda ayblashgan, Aun San Su Chji esa noqonuniy ravishda eksport tovarlarini mamlakatdan olib chiqish, portativ radiostansiyalardan foydalanish va favqulodda holatlarni bartaraf etish bo‘yicha qonunlarni buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi taxmin qilingandi.

Ma’lumot uchun, Myanmada 1 fevral kuni prezident va davlat maslahatchisi hibsga olingan, harbiylar mamlakatdagi siyosiy vaziyat barqarorlashguniga qadar bir yillik favqulodda holat rejimini e’lon qilgandi. Shundan beri Aun San Su Chji noma’lum joyga olib ketilgan va mamlakatda fuqarolarning norozilik namoyishlari davom etib kelmoqda.

Harbiylar Aun San Su Chjining partiyasi 2020 yil noyabrida saylovlarda g‘alaba qozonganidan keyin hukumat boshqaruvini qo‘lga olgan. Ular saylovlarda qayd etilgan natijalarni tan olishni istamayapti. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish harbiylar harakatlarini «Myanmada amalga oshirilgan demokratik islohotlarga jiddiy zarar yetkazish» deya qoralagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Myanma sobiq yetakchisi 600 ming dollar pul va oltinlarni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda