23:20 / 20.03.2021
1 935

Bolgariya Rossiya diplomatlarini «nomaqbul shaxslar» deb e’lon qilishi mumkin

Bolgariya Rossiya diplomatlarini «nomaqbul shaxslar» deb e’lon qilishi mumkin
Boyko Borisov.
Bolgariya josuslik ishi tufayli yana bir bor rus diplomatlarini nomaqbul shaxslar deb e’lon qilishi kerak, dedi Bosh vazir Boyko Borisov.

«Bolgariya o‘z milliy xavfsizligini qat’iyat bilan himoya qilishni davom ettiradi», dedi u.

Avvalroq, Bolgariya Bosh prokuraturasi Rossiya foydasiga josuslikda gumon qilingan bir guruh shaxslarga nisbatan surishtiruv boshlangani haqida xabar bergan edi.

Hokimiyat mamlakatning milliy xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan va «maxfiy ma’lumotlarni boshqa davlatga yetkazgan» deb taxmin qilingan olti nafar fuqaroni qo‘lga olgandi. Ulardan besh nafari 72 soatga hibsga olingan, bittasi garov evaziga qo‘yib yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bolgariya Rossiya diplomatlarini «nomaqbul shaxslar» deb e’lon qilishi mumkin