Tramp qurol zaxiralari kamaygani sabab mudofaa gigantlarini yig‘moqda

Tramp qurol zaxiralari kamaygani sabab mudofaa gigantlarini yig‘moqda

AQSH prezidenti Donald Tramp raketa va o‘q-dorilar zaxirasi kamayib borayotganidan xavotirda ekani aytilmoqda.

WSJ ma’lumotiga ko‘ra, Oq uyda Pentagon rahbariyati hamda Lockheed Martin, RTX va Boeing kabi yirik mudofaa kompaniyalari vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkaziladi.

Muzokaralarda AQSH harbiy omborlarini tezroq to‘ldirish, qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni jadallashtirish va mudofaa sanoati imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Pentagon Patriot va Tomahawk raketalarini ko‘proq ishlab chiqarish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishgan. Biroq ushbu dasturlarni moliyalashtirish hali Kongress tomonidan yakuniy tasdiqlanmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar