
Foto: Twitter / @roscosmos
Rossiyaning bortida 38 ta kosmik qurilma bo‘lgan «Soyuz-2.1a» raketasi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan muvaffaqiyatli uchirildi, deb yozadi «RBK» «Roskosmos» davlat korporatsiyasiga tayanib.
«Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan dunyoning 18 mamlakatiga tegishli 38 ta kosmik qurilma ortilgan ‘Soyuz-2.1a’ ‘Fregat’ tezlashtiruvchi bloki bilan start oldi», — deyiladi xabarda. Keyinroq «Soyuz»dan uchta tabaqaning barchasi muvaffaqiyatli ajralib chiqqan.
Первое включение и выключение двигательной установки разгонного блока «Фрегат» прошло штатно.
— РОСКОСМОС (@roscosmos) March 22, 2021
А пока давайте посмотрим повтор этого красивого пуска @gk_launch ? pic.twitter.com/rL4JSEQ3to
Raketaning asosiy yuki — Janubiy Koreyaning CAS500-1 sun’iy yo‘ldoshi. Shuningdek, u Yaponiyaning «kosmik chiqindi»ni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan ELSA-d qurilmasini va GRUS seriyasidagi Yerni masofadan turib zondlash sun’iy yo‘ldoshlarini, Saudiya Arabistonining Yer tasvirlarini olish va aloqani ta’minlash uchun NAJM-1 qurilmasini, Berlin texnika universiteti va Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi ilmiy-tadqiqot instituti sun’iy yo‘ldoshlarini orbitaga olib chiqadi. Qurilmalar uchta quyosh-sinxron orbitalarga chiqariladi.
Fevral boshida Rossiyada «Soyuz-2.1b» tashuvchi raketa koinotga uchirilgan, u harbiy sun’iy yo‘ldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqqan edi.
28 fevral kuni esa Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan «Soyuz-2.1b» tashuvchi raketasi Arktika mintaqasida iqlim va atrof-muhitni monitoring qilish uchun mo‘ljallangan «Arktika-M» kosmik qurilmasi bilan birga uchirilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar