16:06 / 22.03.2021
2 462

Rossiya 18 ta mamlakat sun’iy yo‘ldoshlari ortilgan «Soyuz» raketasini uchirdi (video)

Rossiya 18 ta mamlakat sun’iy yo‘ldoshlari ortilgan «Soyuz» raketasini uchirdi (video)
Foto: Twitter / @roscosmos
Rossiyaning bortida 38 ta kosmik qurilma bo‘lgan «Soyuz-2.1a» raketasi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan muvaffaqiyatli uchirildi, deb yozadi «RBK» «Roskosmos» davlat korporatsiyasiga tayanib.

«Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan dunyoning 18 mamlakatiga tegishli 38 ta kosmik qurilma ortilgan ‘Soyuz-2.1a’ ‘Fregat’ tezlashtiruvchi bloki bilan start oldi», — deyiladi xabarda. Keyinroq «Soyuz»dan uchta tabaqaning barchasi muvaffaqiyatli ajralib chiqqan.

Raketaning asosiy yuki — Janubiy Koreyaning CAS500-1 sun’iy yo‘ldoshi. Shuningdek, u Yaponiyaning «kosmik chiqindi»ni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan ELSA-d qurilmasini va GRUS seriyasidagi Yerni masofadan turib zondlash sun’iy yo‘ldoshlarini, Saudiya Arabistonining Yer tasvirlarini olish va aloqani ta’minlash uchun NAJM-1 qurilmasini, Berlin texnika universiteti va Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi ilmiy-tadqiqot instituti sun’iy yo‘ldoshlarini orbitaga olib chiqadi. Qurilmalar uchta quyosh-sinxron orbitalarga chiqariladi.

Fevral boshida Rossiyada «Soyuz-2.1b» tashuvchi raketa koinotga uchirilgan, u harbiy sun’iy yo‘ldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqqan edi.

28 fevral kuni esa Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan «Soyuz-2.1b» tashuvchi raketasi Arktika mintaqasida iqlim va atrof-muhitni monitoring qilish uchun mo‘ljallangan «Arktika-M» kosmik qurilmasi bilan birga uchirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya 18 ta mamlakat sun’iy yo‘ldoshlari ortilgan «Soyuz» raketasini uchirdi (video)