11:40 / 29.03.2021
3 002

50 yoshdan oshgan sohibjamol yulduzlarning go‘zallik sirlari

50 yoshdan oshgan sohibjamol yulduzlarning go‘zallik sirlari
Ellik yoshda ham go‘zal ko‘rinish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Buning uchun go‘zallik muolajalari, to‘g‘ri ovqatlanish, kun tartibiga rioya qilish muhim deb hisoblaydiganlar talaygina. Quyidagi mashhur ayollarning ham tabiiy go‘zallikni qanday saqlash haqida o‘z tavsiyalari bor.

Ketrin Zeta-Jons
Gollivudning sohibjamol aktrisasi plastik jarroh yordamiga murojaat qilmaydigan kam sonli mashhurlardan biridir. Uning go‘zalligi tabiiy bo‘lib, buning siri u uy sharoitida parvarish qilishidadir. Bundan tashqari, Ketrin tabiiy retseptlar bo‘yicha tayyorlangan niqoblarni qimmat kremlardan afzal ko‘radi. Aktrisa oyiga bir necha marta qulupnay va ananasli niqobdan foydalanadi. Ushbu mevalar tarkibidagi kislotalar tufayli bunday niqob terini tozalaydi va silliq qiladi.

Ketrin kun tartibiga ham qat’iy amal qiladi. «Men go‘zallik ichkaridan paydo bo‘lishiga ishonaman. Agar yetarlicha uxlamasam, o‘zimni tetik his qilmayman. Kechqurun soat to‘qqizda uxlashga yotib, erta turaman va hamma narsaga ulguraman. Shu sababli ham o‘zimni juda yaxshi his qilaman va ajoyib ko‘rinishga egaman!», — deydi aktrisa.

Foto: Cosmopolitan
Salma Xayek
Fransua-Anri Pinoning turmush o‘rtog‘i nasl jihatdan juda omadli ekanligini ta’kidlaydi. Ammo u faqat shu bilan kifoyalanmaydi, tabiiy go‘zalligini saqlab qolishga harakat qiladi. Salma 20 yil davomida bir nechta byuti-layfxaklardan foydalanib keladi. Birinchidan, u qanchalik charchagan bo‘lsa ham makiyajini yuvmasdan uxlashga yotmaydi. Ikkinchidan, Salma ertalab yuvinmaydi, bu teri namligini yaxshi ushlab turishga yordam beradi.

«Men botoksdan foydalanmayman. Bilasizmi nima uchun? Chunki men ovqatlanaman. Yog‘ va sabzavotlarni iste’mol qilaman, hammasini! Ko‘p mashq qilish va yetarli darajada ovqatlanmaslik sababli teri qarishni boshlaydi», — deydi Xayek.

Foto: Cosmopolitan
Jennifer Lopes
Jennifer o‘zini juda yaxshi parvarishlaydi, sport bilan shug‘ullanadi va to‘g‘ri ovqatlanadi. Uning ba’zi go‘zallik muolajalari terisini yaxshi saqlashga imkon beradi. Xonanda alkogol, kofein va nikotindan voz kechgan. Bu uning teri salomatligi va go‘zalligiga yaxshi ta’sir ko‘rsatgan. Bundan tashqari, u quyosh nurlaridan himoyalovchi kremdan foydalanishni kanda qilmaydi, chunki ultrabinafsha nurlar terining erta qarishiga olib keladi.

«Qachonlardir baribir qariysiz. Ammo chiroyli qarishingiz ham mumkin. Qanchalik faol bo‘lsangiz, intellektual, ijtimoiy va jismoniy jihatdan, shunchalik yosh ko‘rinasiz. Bu faqat sizning tanlovingiz. Chiroyli bo‘lib qolish o‘zingizga bog‘liq», — deydi aktrisa.

Foto: Cosmopolitan
Monika Belluchchi
Italiyalik sohibjamol tabiiy go‘zalligi bilan dunyoga mashhur. U qarishdan qo‘rqmaydi va plastik jarrohlarga murojaat ham qilmaydi. Ammo u oddiy qoidalarga qat’iy rioya qiladi. Monika yuzini haftasiga ikki marta skrab va o‘zi tayyorlagan bodom yog‘li niqob bilan yaxshilab tozalaydi. Bundan tashqari, aktrisa har doim terini namlantiruvchi kremdan foydalanadi.

«20 yoshda chiroyli bo‘lish tabiiy hol. Ammo 35 yoki 45 yoshda go‘zal bo‘lish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi», — deydi Belluchchi.

Foto: Cosmopolitan
Jennifer Eniston
«Do‘stlar» seriali yulduzi so‘nggi 20 yilda deyarli o‘zgarmagan. Doimiy ravishda jismoniy mashqlar va to‘g‘ri ovqatlanish kerakligi haqidagi tavsiyalardan tashqari, aktrisa ham oddiy qoidalarga amal qiladi. Masalan, uning sumkasida va mashinasida doimo namlovchi loson bo‘ladi. Bu teri namligini muvozanatda saqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, Eniston muzli suvda yuzini yuvadi. Bu ertalabki yuz shishishini yengillashtiradi va teriga yangi ko‘rinish beradi.

Foto: Cosmopolitan
«Hozirda 40 yoshdagi ayollar va erkaklar bundan 30 yil oldingi 40 yoshli erkaklarga qaraganda ancha sog‘lom. Biz o‘zimizga qanday parvarish qilishni bilamiz. Biz minimal darajada qayta ishlanadigan sog‘lom organik oziq-ovqatlarni iste’mol qilishni, suv ichishni, shakar va transyog‘lardan foydalanishni cheklashimiz kerakligini tushunamiz. Ilgari ular buni bilmas edilar. Bundan tashqari, o‘sha vaqtda terini parvarish qilish uchun zamonaviy texnologiyalar ham yo‘q edi», — deydi Jennifer.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 50 yoshdan oshgan sohibjamol yulduzlarning go‘zallik sirlari