10:27 / 07.04.2021
2 333

Gretsiya Ikkinchi jahon urushi uchun Germaniyadan tovon puli talab qildi

Gretsiya Ikkinchi jahon urushi uchun Germaniyadan tovon puli talab qildi
Foto: Pixabay
Gretsiya hukumati yana bir bor Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar Germaniyasi tomonidan mamlakatga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar berdi.

Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar Germaniyasi tomonidan yetkazilgan zararni Gretsiya parlamenti komissiyasi 289 milliard yevroga baholadi. Ushbu miqdor Gretsiyaning Germaniya markaziy bankiga berishga majbur bo‘lgan kreditini ham o‘z ichiga oladi.

«Bizning talablarimiz qondirilmagunicha bu masala ochiq qolaveradi. Talablar haqiqiy va o‘rinli, ular har qanday usul bilan tasdiqlanadi», — dedi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Aleksandros Papayoannu.

Gretsiyaning o‘sha davrdagi jami 7 million aholisidan 300 ming nafari Gitler Germaniyasi bosqinining qurboniga aylangan. 1942 yilda Uchinchi reyxga berilgan 476 million reyxsmarka (hozirgi pulda 10 milliard yevro) miqdoridagi qarzi uchun alohida da’vo ochish rejalashtirilgan.

1941 yil 6 aprelda Gretsiyaga bostirib kirgandan so‘ng nemis qurolli kuchlari mamlakatda qirg‘inlarni davom ettirdi, buning natijasida o‘n minglab tinch aholi qurbon bo‘ldi.

Lekin Germaniya tovon puli mavzusini to‘liq yopilgan deb hisoblaydi va muzokara o‘tkazishni rejalashtirmayapti. Nemislar Germaniyani birlashtirishdan oldin tashqi muammolarni hal qilish maqsadida 1990 yilda tuzilgan «Ikki qo‘shuv to‘rt» kelishuviga tayanadi. Shu bilan birga, bu kelishuv Germaniya Federativ Respublikasi, Germaniya Demokratik Respublikasi, Angliya, SSSR va Fransiya vazirlari tomonidan imzolangan, lekin unda Gretsiyaga yetkazilgan zararning qoplanish masalasi ko‘rib chiqilmagan.

Ma’lumot uchun, Gretsiya ko‘p yillardan buyon Germaniyadan zararni qoplashni talab qilmoqda. 2015 yilda Gretsiya Birinchi jahon urushida Germaniyaning yetkazgan zararini 9 milliard yevroga baholagan edi.

Ma’lumot uchun, uch yil oldin tiklangan AQSH sanksiyalari Eronga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 200 milliard dollardan oshiq zarar yetkazgani haqida xabar berilgan edi. Lekin Tehron yetkazilgan zararni AQSHning Eron yadro dasturi bo‘yicha Qo‘shma harakat rejasiga (QHR) qaytishi uchun shart sifatida undirmoqchi emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gretsiya Ikkinchi jahon urushi uchun Germaniyadan tovon puli talab qildi