Foto: «Deon.pl»
Mozambik prezidenti Filipe Nyusi aholiga qilgan videomurojaatida terrorchilar tomonidan bosib olingan Palma shahri ozod qilinganini e’lon qildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
«Terrorchilar Palma shahridan quvib chiqarildi, lekin to‘liq g‘alaba haqida e’lon qilishga hali erta, chunki biz terrorizm bilan hodisa sifatida kurashyapmiz», — deb ta’kidladi prezident.
Nyusi ekstremistlar sababli yuzaga keladigan muammolarga qarshi turish uchun Mozambik jamiyatini birlashishga chaqirdi.
«Harbiylar va tinch aholi o‘rtasida to‘liq ishonch, o‘zaro hamkorlik bo‘lmasa, hech qanday g‘alabaga erishib bo‘lmaydi», — dedi prezident.
Ma’lumot uchun, 24 mart kuni qurollangan jangarilar Palma shahrini egallab olgandi.
Shuningdek, Turkiya sudi to‘rt kishini 2016 yil 12 nafar germaniyalik sayyohning o‘limiga sabab bo‘lgan Istanbuldagi teraktlarda aybdor deb topib, ularni bir umrlik qamoq jazosiga hukm qildi.
Shu bilan birga, Malining shimolida jangarilarning harbiy bazalardan biriga hujum qilishi oqibatida 33 nafar harbiy halok bo‘ldi. Nigeriyada esa ISHIDga aloqador terrorchilar mamlakatning shimoli-sharqida joylashgan BMT bazasini o‘qqa tutdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin