Pokiston va Hindiston chegarasida ikki soatlik otishma yuz berdi

Pokiston va Hindiston chegarasida ikki soatlik otishma yuz berdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi bahsli Jammu va Kashmir hududida yana qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. 18 iyul kuni ikki davlat harbiylari nazorat chizig‘i bo‘ylab taxminan ikki soat davom etgan kuchli otishmaga kirishgan. Bu haqda NDTV telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, otishma Rajauri sektorida yuz bergan. Hindiston tomonining iddao qilishicha, harbiylar chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan “terrorchilar”ning harakatini bartaraf etgan.

Qayd etilishicha, bu hodisa 2025 yil may oyida yakunlangan “Sindur” amaliyotidan keyin o‘t ochishni to‘xtatish tartibi jiddiy buzilgan ilk yirik voqea hisoblanadi. Shunga qadar ham chegara hududida vaqti-vaqti bilan kichik qurolli to‘qnashuvlar kuzatilgan.

Tahlilchilar fikricha, mazkur hodisa ikki qo‘shni yadroviy davlat o‘rtasidagi munosabatlar yana keskinlashishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirmoqda. Hozircha tomonlar orasida qurbonlar yoki jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar