Foto: TASS
«O‘quv-mashg‘ulot parvozlari vaqtida SU-30SM samolyoti Balxash shahridagi o‘quv-aviatsiya markaziga qo‘nish vaqtida falokatga uchradi», deb ma’lum qilingan Qozog‘iston mudofaa vazirligida. Ta’kidlanishicha, voqea mahalliy vaqt bilan soat 20:45da yuz bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ekipaj a’zolari orasida halok bo‘lganlar yo‘q. Uchuvchilar katapulta qilishga ulgurishgan va hozirda shifokorlar nazoratida qolmoqda.
Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Samolyotning qulash joyiga maxsus komissiya jo‘natilgan. Ta’kidlanishicha, roppa-rosa bir yil avval – 2020 yil 16 aprelda Qarag‘anda shahri yaqinida Qozog‘iston harbiy-havo kuchlarining MiG-31 qiruvchi samolyoti falokatga uchragandi.
2021 yil 13 mart kuni Almati aeroporti yaqinida An-26 samolyoti halokatli qo‘nishni amalga oshirgan. O‘sha aviahalokat oqibatida 4 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 2 kishi omon qolgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining aviatsiya xizmatiga tegishli bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi