00:02 / 21.04.2021
3 319

Rossiya Arktikada yirik harbiy mashg‘ulotlarni boshladi


Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi
Rossiya Qurolli kuchlarining shimoliy floti Arktikada havo hujumidan mudofaa, kemalar, shuningdek, atom va dizel suvosti kemalari ishtirokida yirik harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib, «RBK» xabar berdi.

«Shimoliy flotda turlararo qo‘mondonlik-shtab mashg‘uloti boshlandi. Mashg‘ulotlar Rossiya floti bosh qo‘mondoni admiral Nikolay Yevmenovning umumiy rahbarligida o‘tkazilmoqda», — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Ta’kidlanishicha, mashg‘ulotlarning dastlabki bosqichlarida Shimoliy flotning harbiy qo‘mondonlik va boshqaruv organlari, harbiy tuzilmalari va harbiy qismlari jangovar tayyorgarligi yuqori darajaga yetkazildi.

Aprel oyining boshlarida Mudofaa vazirligi Janubiy harbiy okrugda mashg‘ulotlar o‘tkazayotganini e’lon qilgan edi. 6 aprel kuni mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shimoliy flotda, shuningdek Uzoq Shimol, Kuril orollari va Kamchatkadagi jangovar tayyorgarlikning nazoratdan o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi. Shoyguning ta’kidlashicha, ushbu choralar NATO qo‘shinlarining Rossiya bilan chegaralarga joylashtirilishi tufayli amalga oshirilmoqda. 14 aprel kuni Qora dengiz flotida mashg‘ulotlar boshlandi.

Mudofaa vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarga Ukraina va boshqa bir qator davlatlar qarshi chiqdi. Norozilik Donbassdagi mojaroning kuchayishi fonida Rossiya-Ukraina chegarasi yaqinida mashg‘ulotlar o‘tkazilishi natijasida yuzaga keldi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning harakatlarini «o‘z kuchini ko‘z-ko‘z qilish» deb atadi. Ukraina Mudofaa vazirligi mamlakatning janubiy chegaralarida qo‘shin to‘plash haqida e’lon qildi.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi 14 aprel kuni Rossiyaning Qora dengizda mashg‘ulotlar boshlashi munosabati bilan norozilik bildirdi. Ular harbiy mashg‘ulotlar tufayli Kerch bo‘g‘ozi va Qora dengizning ma’lum qismlari egallab olinishi xalqaro huquqqa zid ekanini ta’kidladi. O‘sha kuni Ukraina harbiylari ham Qrim bilan chegarada keng ko‘lamli mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Arktikada yirik harbiy mashg‘ulotlarni boshladi