Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali S.Shoygu kelib ketdi-yu, shu kungacha tinchgina yashab kelgan qirg‘iz va tojik birodarlarimiz ertasiga arzimagan videokameralar dastidan bir-biriga qarata o‘q uza boshladi.
Nazarimda, bu yerda bir gap bor... Videokameralar maxsus operatsiya boshlashga vaj bo‘lgan, xolos, degan gumondaman. Fikrimcha, tunov kuni o‘tgan KXSHT mudofaa vazirlarining kengashida nimadir "yopishmagan", ittifoqchilar o‘ris generali taklif qilgan qaltis rejaga ko‘nmagan. Binobarin, o‘ris o‘zining qirg‘iz va tojik birodarlarimiz orasida faoliyat yuritayotgan beshinchi kolonnasini ishga solib, fitna chiqargan. Bu masalada Kremlning oldida birov ip esha olmasa kerak.
Ana endi mutlaqo foydasiz tashkilot bo‘lmish KXSHTning ikki ittifoqchisini o‘zaro yarashtirib qo‘yish bahonasida Rossiyaning harbiy-siyosiy rahbariyati Markaziy Osiyo davlatlaridagi o‘z harbiy kontingentini, xususan, joylarda faoliyat yuritadigan harbiy mutaxassislar va maxsus texnika turlarini ko‘paytirib olishi, tegishli operatsiyalar uyushtirib borishi mumkin.
Bu bilan u, AQSH va NATO qo‘shinlari tark etgan Afg‘onistondan Rossiyaga nisbatan yuzaga keladigan "afg‘on xavfi"ni bartaraf etish choralarini ko‘rgan bo‘ladi. Rossiya uchun esa bunday xavf tug‘ilishi muqarrar. Chunki ushbu masalada "daryoning narigi tomoni"da qolgan xorijiy maxsus xizmatlar yaxshigina harakat qiladi va o‘ris buni juda yaxshi biladi.
Rossiyaning bunday nayranglari oqibatida ikki qardosh xalqning begunoh vakillari jabr ko‘rishi yomon. Taxminim qanchalik to‘g‘ri ekanligini bilish uchun voqealar rivojini kuzatib boramiz.
Shokir Dolimov,
harbiy-siyosiy sharhlovchi,
iste’fodagi podpolkovnik
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
harbiy-siyosiy sharhlovchi,
iste’fodagi podpolkovnik
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida