13:11 / 02.05.2021
1 154

Portugaliyada dunyodagi eng uzun piyodalar osma ko‘prigi ochildi (foto, video)

Portugaliyada dunyodagi eng uzun piyodalar osma ko‘prigi ochildi (foto, video)

Foto: EPA
Portugaliyaning shimolidagi Aroka shahridagi geologiya bog‘ida Payva daryosidan 175 metr balandlikda joylashgan dunyodagi eng uzun piyodalar osma ko‘prigi ochildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 516 metr uzunlikdagi ko‘prikning qurilishi ikki yilga yaqin davom etdi, loyihaning qiymati 2,3 million yevroni tashkil qildi.

Foto: EPA
Ta’kidlanishicha, osma ko‘prikning rasmiy ochilishi 2 may kuniga rejalashtirilgan, lekin mahalliy aholi undan foydalanishni allaqachon boshlab yubordi.

Foto: EPA
Ushbu ko‘prik yordamida hokimiyat koronavirus pandemiyasi sababli katta zarar ko‘rgan turizm sohasini qayta jonlantirishni rejalashtirmoqda.
Euro Weekly News nashrining yozishicha, 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek, keksalar uchun ko‘prikdan o‘tish chiptasi 10 yevro, qolganlar uchun 12 yevroni tashkil qiladi. Mahalliy aholi ko‘prikdan bepul foydalanadi.

M’lumot uchun, Payvadagi mazkur osma ko‘prik Shveysariyaning Alp tog‘larida qurilgan Charlz Kuonen ko‘prigining (494 metr) rekordini yangiladi.
[media=https://youtu.be/LnasRXYAnmU]

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Portugaliyada dunyodagi eng uzun piyodalar osma ko‘prigi ochildi (foto, video)