23:18 / 11.05.2021
2 514

Britaniyada AstraZeneca’ga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi


Angliyaning Kembrij shahrida Global Justice Now tashkiloti rahnamoligi ostida faollar AstraZeneca britan-shved kompaniyasi ofisi yonida norozilik namoyishlari uyushtirishdi. Namoyishchilar kompaniyadan koronavirusga qarshi ishlab chiqqan vaksinasiga patent huquqlardan voz kechishni talab qilishgan.

Vaksina Oksford universiteti olimlari va AstraZeneca hamkorligida ishlab chiqilgan.
«Oksford universiteti olimlari bu najotbaxsh vaksinani 97 foizga davlat tomonidan moliyalashtirilgan tadqiqotlar evaziga ishlab chiqishgan. Olingan vaksina barchaga taqdim qilinishi kerak, lekin AstraZeneca uni egallab, xususiylashtirib oldi.

Britaniya hozirda yuqori samarador vaksinalardan naf ko‘rmoqda, biroq past va o‘rta daromadga ega davlatlarda hamon kuniga minglab odamlar koronavirusdan vafot etmoqda
», deb aytgan Global Justice Now direktori Nik Dirden.

Faollar AstraZeneca’dan vaksina ishlab chiqarish texnologiyalarini JSST bilan bo‘lishishni va rivojlanayotgan davlatlarga koronavirusga qarshi kurashda ko‘proq xayrixohlik ko‘rsatishni talab qilishmoqda.

Jumladan, o‘tgan dam olish kunlari faollar Britaniya bo‘ylab avtobus bekatlarida davlatning vaksinalarni ishlab chiqishga ajratgan sarmoyalari miqdori hamda farmatsevtik kompaniyalarning daromadlari ko‘rsatilgan plakatlarni osib chiqishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada AstraZeneca’ga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi