2 200
Anjelina Joli asalarilar qirilib ketayotganiga jamoatchilik e’tiborini qaratdi (foto, video)
Foto: Hello
45 yoshli Gollivud aktrisasi Anjelina Joli National Geographic jurnali uchun suratga tushdi. Xalqaro arilar kuni munosabati bilan nashr arilarning yo‘q bo‘lib ketish muammosiga noodatiy tarzda e’tibor qaratishga qaror qilgan.
Buni amalga oshirishda fotograf Den Uinsters yordam bergan. Arilarni jalb qilish uchun aktrisaning tanasiga maxsus feromonlar surtilgan. Fotosessiya uchun Richard Avedon tomonidan 1981 yilda suratga olingan kaliforniyalik asalarichi portretidan ilhomlanilgan. Suratchi Den Uinstersning ta’kidlashicha, suratga olish jarayonida aktrisaga zarar yetmasligi uchun asalarilarni ortiqcha qo‘zg‘atmaslikka harakat qilingan. Shu sabab ham suratga olish maydonchasi qorong‘i va tinch bo‘lgan.
— Shukhrat (@bankir2102) May 23, 2021
Jurnalda yozilishicha, so‘nggi 10 yil davomida arilar populyatsiyasi sezilarli darajada qisqargan. National Geographic, shuningdek, Joli qo‘llab-quvvatlayotgan YUNЕSKO tashabbusi haqida ham ma’lumot bergan.
Foto: Hello
Foto: Hello
Unda qayd qilinishicha, tashkilot 2025 yilga qadar 2,5 ming arixona qurish hamda arilar populyatsiyasini 120 milliontaga ko‘paytirishni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?