22:53 / 23.05.2021
2 501

Rossiyada ba’zi muhojirlar uchun maxsus huquqiy rejim joriy qilinadi


Foto: «TASS»
Rossiyada ba’zi muhojirlar uchun mamlakatda «Nazorat qilingan holda bo‘lib turish» deb ataluvchi maxsus huquqiy rejimni joriy qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda «TASS» Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.

Yangi rejim Rossiyada bo‘lib turish uchun huquqiy asosga ega bo‘lmagan, ammo yuzaga kelgan sharoit tufayli mamlakatda qolishga majbur bo‘lgan chet elliklarga nisbatan o‘rnatiladi. Masalan, gap koronavirus tufayli o‘z-o‘zini yakkalash haqida bormoqda.

IIV aniqlik kiritishicha, yangi huquqiy rejim, masalan, mamlakatdan chiqarib yuborish haqidagi qarorning ijro etilishi to‘xtatilgan yoki belgilangan jazolarning ijro etilishi zarur bo‘lgani, sud ishlarida qatnashayotgani sababli Rossiyadan chiqib ketishiga cheklov qo‘yilgan chet elliklarga nisbatan qo‘llaniladi.

Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus epidemiyasi boshlangan vaqtda — 2020 yil martidan buyon 1,6 millionga yaqin muhojirlar Rossiyada bo‘lish muddati tugaganidan keyin mamlakatdan chiqib ketmagan. Qabul qilingan choralar 400 mingga yaqin odamning huquqiy maqomini tartibga solish imkonini bergan.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyada COVID-19 pandemiyasi tufayli sezilarli darajada kamaygan mehnat muhojirlarining soni mamlakatdagi yirik loyihalarni amalga oshirish uchun yetarli emasligini aytgan edi.

Ammo keyinroq Rossiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy Rossiyada bir milliondan ortiq odam noqonuniy bo‘lib turganini ma’lum qildi. Vazir o‘rinbosari keltirgan Ichki ishlar vazirligining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Rossiyada 332 mingdan ziyod O‘zbekiston fuqarosi, 247 ming Tojikiston fuqarosi, 152 ming Ukraina fuqarosi, 120 ming Ozarbayjon fuqarosi, 115 ming Qirg‘iziston fuqarosi, 61 ming Armaniston fuqarosi, 56 ming Moldova fuqarosi, 49 ming Qozog‘iston fuqarosi noqonuniy migrant hisoblanadi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi MDH davlatlaridan kelib, Rossiyada noqonuniy ravishda yurgan muhojirlarni 15 iyunga qadar mamlakatni tark etishlarini talab qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada ba’zi muhojirlar uchun maxsus huquqiy rejim joriy qilinadi