Foto: Pixabay
Avstraliyalik va yevropalik tadqiqotchilar qorong‘ida ravshan ko‘rishga imkon beruvchi inqilobiy texnologiyani ishlab chiqishdi. Gap oddiy ko‘zoynaklar oynasini qoplash mumkin bo‘lgan o‘ta yupqa plyonka haqida bormoqda, deb ma’lum qilingan Advanced Photonics nashrida.
Material nanometr o‘lchamdagi kristallar negizida yaratilgan. U inson ko‘zi ilg‘amaydigan infraqizil nurni u ko‘ra oladigan tasvirga aylantiradi.
«Biz ko‘rinmasni ko‘rinadigan qildik. Odam sochidan yuz marta ingichkaroq nanokristallardan iborat plyonkani ko‘zoynakka tushirish mumkin. U qorong‘ida ko‘rishga imkon beruvchi filtr kabi ishlaydi», deb aytilgan xabarda.
Yangi texnologiya mualliflari uning nafaqat foydalanishda qulayligi, balki arzonligi sababli ommaviy tarzda qo‘llanishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.
Plyonka xona haroratida tayyorlanadi. Tadqiqotchilar plyonkani yaqin orada bozorga chiqarishni rejalashtirishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi