
Foto: «Evo-rus.com»
Amerikaning Florida shtati Serfsayd shahrida ko‘p qavatli binoning qisman qulashi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Vayronalar ostida odamlar qolib ketdi, deya xabar bermoqda CBS.
«Ayni paytda biz vayronalar ostida qolib ketgan odamlarning aniq sonini bilmaymiz. Manbalarimizga ko‘ra, ulardan biri vafot etgani tasdiqlandi», — deyiladi telekanalda.
Shu paytgacha mutasaddilar tomonidan hech qanday izoh berilmagan.
Gap ichida odamlar bo‘lgan 12 qavatli binoning qulashi haqida ketmoqda. Hodisa sodir bo‘lgan joyda politsiya xodimlari va favqulodda vaziyatlar xizmati vakillari ishlamoqda.
Hududda transport harakati qisman cheklangan, favqulodda vaziyat sabablari o‘rganilmoqda.
Florida ShtatiSerfsayd ShahriQulash HodisasiVayronalar OstidaFavqulodda VaziyatlarPolitsiya Xodimlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar