15:49 / 05.07.2021
2 431

“Tolibon” Afg‘onistondan barcha xorijiy qo‘shinlarning o‘z muddatida olib chiqilishini talab qildi


Shaxinning ushbu bayonoti Afg‘onistonda diplomatlar himoyasini ta’minlash uchun ming nafargacha xorijiy harbiy qolishi mumkinligi haqidagi axborotdan keyin yangradi.

“Tolibon” vakilining ta’kidlashicha, boshqa davlatlar diplomatlari, nohukumat tashkilotlari va fuqarolari toliblar nishoniga aylanmaydi va ularga hech qanday himoya talab etilmaydi.

“Biz ularga hech qanday xavf solmaymiz”, deb aytgan Shaxin va Afg‘oniston bunday shaxslarning faoliyatiga ehtiyojmand ekanini qo‘shimcha qilgan.

AQSH va NATO davlatlari qo‘shinlari Afg‘onistonni aprel oxirida tark eta boshlagandi. Qo‘shinlarni 11 sentabrgacha to‘liq olib chiqish rejalashtirilgan.

The Telegraph nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Britaniya Afg‘onistonda oz sondagi qo‘shinini qoldirmoqchi. Biroq bu borada yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Uni Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 5 iyulda mamlakat xavfsizlik kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qabul qiladi. Britaniyalik harbiylarning Afg‘onistondagi vazifasi afg‘on harbiylarini o‘qitishdan iborat bo‘ladi.

Avvalroq CNN telekanali AQSH ma’muriyatidagi yuqori mansabdor shaxsga tayanib, Vashington Afg‘onistonda mingga yaqin harbiyni qoldirishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Ta’kidlanishicha, amerikalik harbiylar AQSH elchixonasi va Kobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashda yordam beradi.    

Afg‘onistonda xorijiy qo‘shinlar olib chiqilishi ortida “Tolibon”ning faollashuvi kuzatilmoqda. Harakat jangarilari may oyidan beri hukumat qo‘shinlariga qarshi katta ko‘lamli amaliyot olib bormoqda va aksariyat holatlarda ularni chekinishga majbur qilmoqda. Ayni vaqtda toliblar mamlakatning 370 tumanidan 110tasini nazorat qilmoqda.

The Telegraph’ning xabar berishicha, hozircha Afg‘onistonning barcha yirik shaharlari va aholi punktlari hukumat nazorati ostida qolmoqda, biroq toliblarning jadal sur’atlar bilan olg‘alashi Vashington va NATOni xavotirga solib qo‘ydi. Ba’zi tahlilchilarning ta’kidlashicha, Afg‘oniston hukumati bunday vaziyatda 6-12 oy ichida ag‘darilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon” Afg‘onistondan barcha xorijiy qo‘shinlarning o‘z muddatida olib chiqilishini talab qildi