Foto: ISRO / ISSDC / Justin Cowart
2012 yildan beri Curiosity marsoxodi Marsda olti marta metan portlashlarini qayd etdi. Ammo olimlar ushbu gaz sayyorada qayerdan kelib chiqqanligini shu paytgacha aniqlay olishmayapti. Kompyuter simulyatsiyalari yordamida ular nihoyat chiqindi gaz manbasini topishga muvaffaq bo‘lishdi, deb yozadi «MIR 24».
Kaliforniya texnologiya instituti mutaxassislari metan zarralari harakatini modellashtirishdi, ularni aniqlash paytida shamolning tezligi va yo‘nalishini hisobga olishdi. Natijada ular zarralar yo‘lini bo‘shatilgan joyiga qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi. Aniqlanishicha, ehtimoliy manbalardan biri marsoxoddan bir necha o‘n kilometr uzoqlikda — shimoli-g‘arbiy kraterning pastki qismida joylashgan.
Metanning topilishi Mars tadqiqotchilari uchun katta voqea bo‘ldi, chunki gaz hayot nishonasi bo‘lishi mumkin — uni ko‘plab mikroorganizmlar ajratadi. Metan 330 yildan keyin quyosh nuri ta’sirida parchalanishini hisobga olsak, demak, uning manbai yaqinda faollashgan va shu kungacha faol bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar