Foto: RIA Novosti
Botken uchastkasida Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar qildi Interfaks Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmatiga tayanib.
Ma’lumot berilishicha, Botken tumanining Qum-Mozor qishlog‘ida tojikistonlik fuqarolar qirg‘izistonliklar bilan kelishmagan holda uchastkani tozalashi natijasida nizo kelib chiqqan. Voqea joyiga Qirg‘iziston chegarachilari, mahalliy hokimiyat vakillari va mahalliy aholi yetib kelgan.
"Tojikiston tomoni Qirg‘iziston tomonining ishlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi talabiga bo‘ysunmagan. Tojikiston fuqarolari Qirg‘iziston fuqarosini kaltaklashga uringan. Dahanaki jang mushtlashuv va toshbo‘ronga aylanib ketgan. Janjal vaqtida tojik chegarachilari Qirg‘iziston tomonga o‘q uzgan. Qirg‘iziston chegarachilari bunga javoban Tojikiston tomonga o‘q uzgan", — deyiladi xabarda.
Otishma natijasida jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda. Hozirda Qum-mozor qishlog‘ida ikki tomon mahalliy boshqaruv va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!