19:55 / 29.07.2021
2 933

Karavotlari haqiqiy avtomobillardan yasalgan V8 mehmonxonasi (foto)


Foto: V8 Hotel
Germaniyaning Shtutgart shahrida bundan uch yil oldin V8 nomli noodatiy mehmonxona ochilgan edi. Uning o‘ziga xosligi xonalarining avtomobillarga oid mavzuda jihozlanganida. Bundan tashqari, mehmonlar kamida 160 yevro evaziga haqiqiy avtomobillardan ishlangan karavotda yotishi mumkin, deb xabar beradi Motor.

Ayni vaqtda bolalar avtomobil ko‘rinishida ishlangan ko‘plab karavotlar mavjud. Masalan, ular orasida «Makvin» multfilmi qahramonlari asosida yasalgan ko‘plab o‘rindiqlar bor. Ammo V8 Hotel egalari mehmonxona nomerlarini turli avtomobillardan kattalar uchun to‘liq o‘lchamli karavotlarni yasashga qaror qilgan.

Foto: V8 Hotel
Karavotlar aslida haqiqiy mashina bo‘lib, ularning kuzovi qirqib tashlangan va yotoq joyiga moslashtirilgan. Mehmonlar Cadillac Coupe de Ville, Citroen DS, shuningdek, BMW E36 M3 yoki eng birinchi Mercedes-Benz S-Class’da uxlashi mumkin. Yo‘ltanlamaslarni yaxshi ko‘ruvchilar uchun Jeep kuzovi ham topiladi. Nomerlarning barchasi avtomobillar, poygachilar, shuningdek, emblemalar va mavzuga doir boshqa dizaynerlik yechimlari bilan jihozlangan.

Foto: V8 Hotel
V8 Hotel mehmonxonasida bir kecha o‘tkazishning eng arzon narxi 160 yevroni tashkil etadi. Ushbu pulga Citroen DS o‘rnatilgan xonada yashasa bo‘ladi, Mercedes-Benz S-Class narxi esa 625 yevroni tashkil etadi.






arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Karavotlari haqiqiy avtomobillardan yasalgan V8 mehmonxonasi (foto)