20:47 / 30.07.2021
2 783

AQSHda dunyodagi eng qimmat kartoshka-fri tayyorlandi (video)


AQSHda dunyodagi eng qimmat kartoshka fri tayyorlandi — uning bir porsiyasi 200 dollar turadi, deb yozadi «Korrespondent.net».
Ta’kidlanishicha, «pazandachilik shedevri» Nyu-Yorkdagi Serendepity restoranlarining birida tayyorlangan. Uning rekord darajadagi narxi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Yegulikni tayyorlash uch bosqichda amalga oshirilgan. Avvaliga shef-oshpaz kartoshkaga qimmat shampan vinosi va maxsus sirkada ishlov bergan, shundan so‘ng ikki marta g‘oz yog‘ida turli haroratlarda qovurgan.

Taomga tryufel yog‘i quyilgan, pishloq, iste’molga yaroqli oltin qirindisi sepilgan, shuningdek, maxsus sous bilan dasturxonga tortilgan.

Ta’kidlash kerakki, bu restoranning birinchi rekordi emas. Bunga qadar ushbu ovqatlanish maskanida eng qimmat muzqaymoq (1000 dollar) va gamburger (295 dollar) tayyorlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda dunyodagi eng qimmat kartoshka-fri tayyorlandi (video)