17:44 / 02.08.2021
2 820

Asqar Akayev Qirg‘izistonga qaytdi, u Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida tergov qilinmoqda


Foto: rg.ru
Mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining «Kloop» jurnalistiga bergan intervyusida xabar qilishicha, 2005 yilgi inqilob natijasida mamlakatni tark etgan Asqar Akayev 2 avgust kuni Bishkekka olib kelingan.

Mahkama ma’lumotlariga ko‘ra, u hozirda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosida bo‘lib turibdi.
«Uning ishtirokida «Qumtor» koni bo‘yicha jinoyat ishi doirasida zarur tergov harakatlari olib borilmoqda», deya xabar qilgan mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi.

Akayev va bir qator yuqori martabali amaldorlar «Qumtor» loyihasi bo‘yicha korrupsiya ishi doirasida qidiruvga berilgandi.
«Akayev, boshqa sobiq yuqori martabali amaldorlar qatorida, 1992 yilda «Qumtor» loyihasi bo‘yicha Bosh kelishuvni tuzishda, 1994 yilda unga o‘zgartirishlar kiritishda, shuningdek, 2003 yilda «Kameko» kompaniyasi bilan Bosh kelishuvni qayta tuzishda korrupsiya holatlari uchun javobgarlikka tortilgan», deya xabar qildi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi.

Qo‘mitadan ta’kidlanishicha, tergov Asqar Akayev prezidentligi davrida «Qumtor» loyihasini amalga oshirishda korrupsiyaga aloqador barcha aybdor shaxslarga huquqiy baho bergan.
«Shu bilan birga, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov davomida Akayevni respublika hududiga olib kelish orqali jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha tarixiy adolatni tiklashga qaratilgan ish olib bordi», deyiladi mahkama xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Asqar Akayev Qirg‘izistonga qaytdi, u Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida tergov qilinmoqda