Gollivud yulduzi va BMTning qochoqlar ishi bo‘yicha Oliy komissarining maxsus elchisi Anjelina Joli afg‘onlarga oid ma’lumotlarni e’lon qilib borish maqsadida Instagram’da sahifa ochdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
«Ayni vaqtda Afg‘oniston xalqi ijtimoiy tarmoqlarda erkin muloqot qilish va fikr bildirish imkoniyatini yo‘qotmoqda. Shu sababli men Instagram’ga ularning tarixi va butun dunyo bo‘ylab asosiy inson huquqlari uchun kurashayotgan insonlar ovozi bilan bo‘lishish maqsadida keldim», — deb yozadi aktrisa.
Joli «Tolibon» harakatining hokimiyatga kelishi bilan jamiyat hayotida yuz bergan o‘zgarishlar haqida so‘z boruvchi afg‘on qizining xatini e’lon qilgan.
Foto: Instagram / Angelina Jolie
Qizning so‘zlariga ko‘ra, oldinlari afg‘on ayollari o‘z huquqlarini ochiqcha talab qila olgan, ishlagan va o‘qigan, endi esa jamiyatni qo‘rquv egallagan.
Foto: Instagram / Angelina Jolie
Foto: Instagram / Angelina Jolie
Joli mazkur holatga befarq bo‘lmagan barchani Afg‘oniston xalqiga har tomonlama yordam ko‘rsatishga chaqirgan. Jolining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntiga hozirda 4 milliondan ortiq odam obuna bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi