
Xitoyning Futszyan provinsiyasida koronavirusning yangi turi bilan kasallanish bo‘yicha olti holat va 18 ta simptomlarsiz tashuvchi aniqlandi, deb xabar bermoqda Sinxua agentligi mahalliy hokimiyatga asoslanib.
Epidemiyaning yangi o‘chog‘i Syanyu okrugining Putyan shahridir. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda koronavirusning o‘ta yuqumli delta shtammi aniqlangan.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 223 millionga yetgan. 4,6 million kishi qurbon bo‘ldi. Eng ko‘p bemorlar AQSH, Hindiston va Braziliyada aniqlangan.
XitoyKoronavirusFutszyan ProvinsiyasiDelta ShtammiEpidemiyaJSST Ma'lumotlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar