Foto: Reuters
«Tolibon» harakati a’zolari tomonidan Afg‘onistonning Panjsher viloyatida 20 nafarga yaqin tinch aholi vakili o‘ldirilgan. Bu haqda "BBC News" xabar bermoqda. Ma’lumki, ushbu viloyatda toliblar va Milliy qarshilik fronti kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda.
"BBC News" toliblarni ushbu jinoyatni sodir etganini tasdiqlovchi dalillarga egaligini da’vo qilgan holda, ularni tinch aholini qirishda ayblagan.
"BBC News" toliblar harbiy kiyimdagi odamni o‘qqa tutganini aks etgan lavhaga ega bo‘lgan. Unda o‘ldirilgan odam oddiy fuqaro bo‘lgani da’vo qilinmoqda.
«Qurbonlardan yana biri ikki farzandning otasi Abdul Sami bo‘lgan. Toliblar uni qarshilik kuchlari jangchilariga sim-karta sotishda ayblab, olib ketgan. Bir necha kundan keyin uning jasadini uyi yaqiniga tashlab ketilgan. Guvohlarga ko‘ra, jasadda qiynoq izlari yaqqol ko‘rinib turgan», deyiladi xabarda.
Avvalroq, BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet toliblar sobiq hukumat amaldorlari va xavfsizlik xodimlarining huquqlarini poymol qilishlarini, tintuvlar o‘tkazayotgani, qatllar qilgani va BMT xodimlariga hujum qilayotgani aytib o‘tgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sobiq afg‘on harbiylarini o‘ldirish holatlari ham tez-tez uchrab turibdi.
"Human Rights Watch" tashkiloti avgust oyi boshida Qandahor va G‘azni viloyatlarida jangarilar AQSH bilan hamkorlik qilgan harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlari va fuqarolarni sud qarorisiz qatl qilingani haqida hisobotni e’lon qildi. Huquq himoyachilari bunday qatllar harbiy jinoyatlarga tenglashtirilganini ta’kidladilar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda