
Foto: Valery Melnikov
Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan "Tolibon" harakati qizlar yaqin vaqt ichida maktablarda o‘qishni boshlashini rejalashtirmoqda. Bu haqda harakat vakili, axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid ma’lum qildi.
"Afg‘oniston islom amirligi mansabdor shaxslari sinflarni qanday bo‘lish hamda maktablarda qizlar uchun o‘qituvchilarni qanday taqsimlash ustida ish olib bormoqda", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Bakhtar agentligi.
Avvalroq Afg‘oniston Ta’lim vazirligi erkak o‘qituvchilar va o‘quvchilarni maktablarga qaytishga chaqirgandi.
Ta’lim vazirligining ta’kidlashicha, 6–12-sinflarda o‘qiydigan barcha o‘g‘il bolalar hamda erkak o‘qituvchilar 18 sentabrdan maktablarga qaytishi shart.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar