17:30 / 19.09.2021
3 333

«Tolibon» Afg‘onistonda o‘zbek tilini rasmiy til maqomidan mahrum qildi

«Tolibon» Afg‘onistonda o‘zbek tilini rasmiy til maqomidan mahrum qildi
Foto: Reuters
«Tolibon» harakati yetakchilari Afg‘oniston uchun vaqtinchalik qonun chiqarib, boshqaruvning yangi tizimini o‘rnatdi va shu paytgacha qonunchilikda belgilangan uchta rasmiy tilning ikkitasini qoldirdi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti».

«Asoslar» deb nomlanuvchi qonunda Afg‘onistonning rasmiy dini sifatida islomning sunniylik yo‘nalishiga oid bo‘lgan hanafiya mazhabi, shuningdek, mamlakatdagi rasmiy tillar sifatida pushtu va dari ko‘rsatildi. Bungacha Afg‘onistonda ular bilan bir qatorda, shimoliy viloyatlar aholisining aksariyati gapiradigan o‘zbek tili ham rasmiy maqomga ega edi. Bundan tashqari, mamlakatda shialar ham ko‘p bo‘lib, ular, asosan, xazariylardan iborat.

Hujjatga muvofiq, Afg‘onistonda islom huquqshunoslari kengashi va oliy kengash tashkil etilib, ularga har bir viloyatdan siyosiy arboblar, olimlar va ruhoniylar kiradi.

Ijro hokimiyati rahbari deb prezident e’lon qilinadi, u fuqarolar va oliy kengash a’zolari tomonidan saylanadi. Saylovlarning shaffofligini ta’minlash uchun saylov komissiyasi tuziladi. Avvalgi hukumatda Afg‘oniston Milliy assambleyasi vakillari deputat daxlsizligiga ega bo‘lgan bo‘lsa, yangi hukumatda ular bunday huquqdan mahrum qilinadi, deyiladi qonunda.

Shuningdek, «britaniyaliklar, rossiyaliklar va amerikaliklardan ozodlikka erishilgan kun» bayram deb e’lon qilinishi ham ta’kidlangan.

Afg‘onistonda avgust oyi o‘rtalarida hokimiyat tepasiga kelgan «Tolibon» harakati 7 sentabrda mamlakatda muvaqqat hukumat tuzib, uning tarkibini e’lon qildi. BMTning Afg‘onistondagi missiyasi «Tolibon» hukumatidagi 33 nafar a’zolarning aksariyati, xususan, bosh vazir, uning ikki nafar o‘rinbosari va ichki ishlar vaziriga xalqaro sanksiyalar qo‘llanilganligini qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» Afg‘onistonda o‘zbek tilini rasmiy til maqomidan mahrum qildi